Hasan Ruhoniy: Ar-Riyod munosabatlarni uzish orqali o‘z jinoyatini yashira olmaydi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishEron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy.
Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistonida shia targ‘ibotchisi an-Nimrning qatl qilinishi Eronda ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Mamlakatlar o‘rtasida diplomatik aloqalar uzildi.

TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning fikricha, Ar-Riyodning diplomatik munosabatlarga barham berish qarori Saudiya Arabistoni tomonidan sodir etilgan jinoyatni yashira olmaydi.

"Saudiya Arabistoni diniy yetakchini qatl qildi va u endi diplomatik munosabatlarni uzish orqali o‘z jinoyatini yashira olmaydi", — dedi Eron prezidenti Daniya TIV rahbari Kristian Jensen bilan Tehrondagi uchrashuvi chog‘ida.

Saudiyachilar tomonidan shia targ‘ibotchisi an-Nimrning qatl etilishi haqidagi xabar shia siyosiy va diniy arboblarini qattiq g‘azabga keltirdi va natijada ommaviy norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. Namoyishlar vaqtida Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga o‘t qo‘yildi.

Bu holat Ar-Riyod va Tehron o‘rtasida diplomatik munosabatlar batamom uzilishiga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng, avval Bahrayn va Sudan Eron bilan aloqalarni to‘xtatdi. Keyinroq esa BAA va Kuvayt Tehrondagi elchilarini chaqirib oldi.

 

Yangiliklar lentasi
0