Jamiyat

Buxoroda 20ta tashkilot rahbarlari oʻz lavozimlaridan ozod etildi

Oʻn bir nafar rahbar oʻz vazifalarini toʻliq bajarmaganligi tufayli egallab turgan lavozimidan boʻshatilgan.

TOSHKENT, 6 yanv — Sputnik. 2015 yilda Buxoro viloyatida 20 ta viloyat tashkilotlari rahbarlari almashdi, deb hisobot berdi viloyat deputatlari Kengashi sessiyasida viloyat hokimi Muhiddin Esanov, «Gazeta.uz» xabari asosida.

“Rahbarlarning 11 nafari oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni toʻliq bajarmaganliklari sababli egallab turgan lavozimlaridan boʻshatildi”, taʼkidladi hokim.

Muhiddin Esanov yangi 2016 yilda ham rahbar kadrlarga nisbatan talabchanlik ustuvor tamoyillardan biri boʻlishini taʼkidlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala