O‘zbekiston Qozog‘istonda yangi elchi tayinladi

© Pixabay / KuriousO‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i.
O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bungacha O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Muvaqqat ishlar vakili, maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan Ikrom Nazarov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi etib tayinlandi.

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi Ikrom Nazarov Olma-Otaga jo‘nab ketdi, xabar beradi respublika Tashqi ishlar vazirligi.

Ma’lumot uchun, Ikrom Nazarov bungacha O‘zbekiston Respublikasining Polshadagi Muvaqqat ishlar vakili, maslahatchi lavozimida ishlagan.

" O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ikrom Nazarov 2016-yil 5-yanvar kuni Toshkentdan Olma-Otaga jo‘nab ketdi”, — xabar beradi mahkama.

Yangiliklar lentasi
0