AQShning josus-samolyoti Shimoliy Koreyadagi portlash oldidan Yaponiyadagi bazani tark etgan

Obuna bo‘lish
Josus-samolyot Koreya Xalq Demokratik Respublikasi hududini kuzatgan degan tahminlar mavjud. 2013-yilning yanvarida, ya’ni Pxenyan bundan oldingi yadro sinovini o‘tkazganida ham amerikaning josus-samolyoti Yaponiyadagi Okinava bazasini tark etgan edi.

 

TOShKENT, 6 yanv — Sputnik, Ivan Zaxarchenko. Amerikaning RC 135V josus-samolyoti Shimoliy Koreya vodorod bombasi sinovini o‘tkazishidan o‘n daqiqa oldin Yaponining Okinava orolidagi “Kadena” aviabazasini tark etgan, RIA-Novosti Kiodo axborot agentligi xabari asosida.

AQSh Shimoliy Koreya “o‘z qilmishiga yarasha jazo olishini” ma’lum qildi

Agentlik xabariga ko‘ra, samolyot mahalliy vaqt bilan 10:20 da "Kadena" bazasini tark etgan, 10:30da esa seysmologlar Shimoliy Koreyada yer osti silkinishlari ro‘y berganligini qayd qilganlar. Ko‘p o‘tmay ushbu silkinishlar yadroviy portlash natijasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. Yana bir oz vaqtdan so‘ng esa Shimoliy Koreya hukumati vodorod bombasi sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazgani haqida e’lon qildi.

RC 135V josus-samolyoti bazaga oradan olti soat o‘tib, qaytgan, xabar qiladi Kiodo. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, samolyot Koreya Xalq Demokratik Respublikasi hududini kuzatgan degan taxminlar mavjud.

Xabarlarga ko‘ra, Shimoliy Koreya yadro qurolini sinovdan o‘tkazish rejasi haqida boshqa davlatlarni oldindan ogohlantirmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0