Koln merining “shilqimlarga chap berish” usuli nemis ayollarini hayratda qoldirdi

© Sputnik / Yekaterina Solovyeva / Mediabankka o‘tishPolitsiyachilar Gamburg ko‘chasida.
Politsiyachilar Gamburg ko‘chasida. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koln ober-burgomistri Genriyetta Reker nemis ayollariga yolg‘iz sayr qilmaslikni va notanish kimsalardan “uzatilgan qo‘l masofasi”da yurishni maslahat berganidan so‘ng, Germaniya ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar “e’tirozlar bo‘roni”da qolib ketdi.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Koln meri Genriyetta Reker nemis xotin-qizlariga shahvoniy zo‘ravonlikka yo‘liqmaslik uchun o‘z hatti-harakatlarini qaytadan ko‘rib chiqishni maslahat bergani tufayli Germaniyada katta janjal avj oldi.

Seshanba kuni Koln politsiyasi Yangi yil oqshomida 90ga yaqin nemis ayoli “afrikancha va arabcha tashqi ko‘rinishga ega” erkaklar tomonidan shahvoniy zo‘ravonlikka duch kelgani haqida xabar tarqatgan edi.

Shu voqea yuzasidan o‘tkazilgan matbuot-anjumanida Koln ober-burgomistri Genriyetta Reker nemis xotin-qizlariga “notanish kimsalardan uzoqroq yurishni” maslahat berdi.

"Notanish kimsalardan “uzatilgan qo‘l masofasida” yurish imkoni har doim mavjud. Ko‘chada siz tanimaydigan, ishonmaydigan kimsa bilan “yaqinroq bo‘lish uchun” tashabbuskorlik qilishning keragi yo‘q”, — ta’kidladi Reker.

“U ayollarga shuningdek, “hamma vaqt guruh-guruh bo‘lib yurishni, “bayramona” kayfiyatda bo‘lgan chog‘da ham zinhor yolg‘iz qolmaslikni” maslahat berdi”, — deya iqtibos keltiradi mer nutqidan Der Spiegel nashri.

Ober-burgomistrning ushbu maslahati OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda norozilik to‘s-to‘polonlariga sabab bo‘ldi. Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri ushbu shov-shuv yuzasidan “Ayollar, bekining” nomli maqola chop etgan bo‘lsa, “N24” telekanali boshlovchisi “Genriyetta Reker "o‘zida bo‘lmagan chog‘i" degan taxminni bildirdi. Twitter foydalanuvchilari esa #einearmlänge  ("uzatilgan qo‘l masofasi") xeshtegini tarqata boshladilar.

Germaniya Federativ Respublikasi Adliya vaziri Xayko Maas Twitterdagi sahifasida "bu kabi maslahatlarni sariq chaqaga olmasligini” yozgan. "Bunday harakatlar uchun ayollar emas, jinoyatchilar mas’ul", — deya ta’kidlagan u.

"G‘azabdan yorilay deyapman! Nima, endi o‘zini tutish qoidalariga amal qilmagan ayollar ham aybdor bo‘ladimi?" – yozadi JAK niki ostida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

"Uzatilgan qo‘l masofasi?! Unda, Germaniyani boshqa Vatanim deb hisoblamayman", — deb yozadi Riffmaster foydalanuvchisi.

 

Yangiliklar lentasi
0