Obama Turkiya hukumatini Iroqdan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishAmerika Qo‘shma Shtatlari(AQSh) prezidenti Barak Obama.
Amerika Qo‘shma Shtatlari(AQSh) prezidenti Barak Obama. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan telefon orqali suhbatda Turkiyani Bag‘dod rasmiy ruxsatisiz mamlakat hududiga kiritilgan barcha harbiy kuchlarni Iroqdan olib chiqib ketishga chaqirdi.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan telefon orqali suhbatda Turkiyani Bag‘dod rasmiy ruxsatisiz mamlakat hududiga kiritilgan barcha harbiy kuchlarni Iroqdan olib chiqib ketishga chaqirdi.

Turkiya harbiylariga Iroq hududini tark etish uchun 48 soat muhlat berildi

"Prezident  Obama Amerika Qo‘shma Shtatlari Iroq hududiy dahlsizligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va Turkiyani ham bunga qo‘shilishga chaqirdi. “Obama Turkiyani Bag‘dodning rasmiy ruxsatisiz mamlakat hududiga kiritilgan barcha harbiy kuchlarni olib chiqib ketishga chaqirdi”, — deyiladi OQ Uy rasmiy xabarida.

Bundan sal vaqt oldin Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy Turkiya Iroq shimoliy qismidan o‘z harbiylarini olib chiqib ketish kelishuviga rioya qilmayotgani haqida bayonot bergan edi.

Iroq hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 4-dekabr kuni Turkiya harbiylari va bronetexnikasi terrorchilarga qarshi kurash olib borayotgan Xalq ko‘ngilli qo‘shinlarini tayyorlash bahonasida mamlakatning Nayvan provinsiyasiga kirib kelgan.

Iroq Tashqi ishlar vazirligi hamda Mudofaa vazirligi tomonidan Turkiya harbiylarining mamlakatdagi hozirligi mahalliy hukumat bilan kelishilmagan “dushmanchilik harakati” va mamlakat suverenitetiga dahl qilish sifatida baholandi. Ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarga qaraganda, gap 150 nafar turk askarlari haqida bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0