Turkiyalik eksportchilar Rossiya kiritgan sanksiyalar tufayli kasodga uchray boshladi

© Sputnik / VIKTOR TOLOChKORossiyada sanksiya qilingan mahsulotlarning yo‘q qilinishi.
Rossiyada sanksiya qilingan mahsulotlarning yo‘q qilinishi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya iqtisodida “hammasi yaxshi bo‘lib ketishiga” umid qolmayapti. 2015-yilda mamlakatda eksport hajmi 8,4 %ga tushib ketdi.

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Meva va sabzavotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi turk kompaniyalari 1-yanvardan kuchga kirgan Rossiya sanksiyalari tufayli kasodga uchray boshladi, RIA Novosti Today's Zaman xabariga ko‘ra.

Nashrda, Antalya provinsiyasidagi firmalar ayniqsa jiddiy talafot ko‘rayotgani, eksportchilar uchun bu qish juda murakkab kelishi haqida ta’kidlangan.

"…Antalyada ulgurji savdo firmalari jiddiy zarar ko‘rmoqda. Ortga qaytib kelayotgan furalar tufayli, biznesdan voz kechayotganlar sanoqsiz. Vujudga kelgan inqiroz tufayli ichki bozorga murojaat qilishdan boshqa choramiz qolmadi, ammo bu qanchaga cho‘zilishini, bilmaymiz”, — eksportchi Ali Yondrik so‘zlarini misol keltiradi Today's Zaman. 

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on. - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Rossiya ustidan xalqaro sudlarga arz qilmoqchi

Turkiya iqtisodiyotida og‘ir kunlar boshlandi, 2015-yilda eksport hajmi 8,4%ga tushib ketdi. 2016-yilda ham Turkiyaga qarshi Rossiya sanksiyalari amal qilinishi hisobga olinsa, eksport ko‘rsatkichlari bundanda shiddatli tezlikda tushishini aytish mumkin, deb yozadi Asia Times nashri.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadan olib kirilishi ta’qiqlangan tovarlar ro‘yxatidan: tovuq va kurka go‘shti, parranda ichak-chovoqlari, parranda go‘shti qismlari, pomidor, piyoz, gulkaram, brokkoli, bodring, apelsin, quritilgan apelsin, mandarin, uzum, olma, nok, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, qulupnay, tuz hamda chinnigul o‘rin olgan.

 

Yangiliklar lentasi
0