Dunyoda

Admiral Richardson: Amerika Rossiya va Xitoyga yetakchilikni berib qoʻymaydi

Moskva va Pekin AQSH flotining “nozik joylarini paypaslab topish” maqsadida oʻz imkoniyatlarini birlashtirdilar, xabar qiladi admiral Richardson.

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Amerika HDK Bosh Qoʻmondoni admiral Jon Richardson Amerika flotining dengizdagi yetakchilik strategiyasini belgilovchi harakatlar rejasini eʼlon qildi, xabar qiladi RIA Novosti.

“Harbiy-dengizda ustuvorlikni kuchaytirish” deb nomlanuvchi hujjatda AQSH Harbiy Dengiz kuchlari 25 yil deganda birinchi bor yirik davlatlar tomonidan raqobatga duch kelgani taʼkidlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (oʻngda) va XXR rahbari Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Dunyodagi yangi tartib-qoidalarni Rossiya va Xitoy belgilaydi, AQSH emas.

"Rossiya va Xitoy soʻnggi oʻn yilliklar davomida oʻz harbiy imkoniyatlarini yanada taraqqiy etdilar. Endilikda bu ularga dunyoda yetakchilik qilishga intilishlariga asos boʻla oladi. Ular ega yuqori darajadagi jangovar vositalar bizning “nozik tomonlarimizni paypaslash” uchun yaratilgani sir boʻlmay qoldi”, — deb yozgan admiral Richardson.

“AQSH Harbiy Dengiz kuchlari dunyodagi “eng yaxshi harbiy-dengiz floti” maqomini saqlab qolish uchun har daqiqada bu uchun kurashishi lozimligi bugun ravshan boʻldi. Chunki raqiblarimiz mudragani yoʻq.  Rossiya va Xitoy dunyoda yetakchilikni bizdan tortib olishga shay. Biz oʻz harakatlarimizni jadallashtirib, ularga bu borada xalal bermogʻimiz shart”, — deb oʻz bayonotiga yakun yasagan admiral Richardson.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala