Shohruh reper litsenziyasi olib qo‘yilgani haqidagi mish-mishni inkor etdi

Obuna bo‘lish
Litsenziyasi olib qo‘yilgani haqidagi mish-mishlarga javoban xonanda Facebookdagi sahifasida amaldagi hujjat fotosuratini ilova qildi.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Taniqli o‘zbek reperi o‘zining litsenziyadan mahrum qilingani haqidagi gap-so‘zlarni inkor qilmoqda. “Sariq matbuot” hamda ijtimoiy tarmoqlarda “bolalab” ketgan mish-mishlarga tezroq chek qo‘yish maqsadida xonanda Facebookdagi sahifasida amaldagi litsenziyasi fotosuratini ilova qildi.

Xonandaning aksariyat muxlislari amaldorlarga ushbu noan’anaviy musiqa yo‘nalishi ko‘pam ma’qul kelmagani uchun ham reperdan litsenziyasi olib qo‘yildi, degan to‘xtamga kelgan edilar. 

"Men haqimda bir qator mish-mishlar yurganidan xabarim bor. Aytishlaricha, litsenziyam olib qo‘yilganmish. Bu gaplarga chek qo‘yish maqsadida litsenziyam fotosuratini ilova qildim. Mana endi muxlislarim yillar davomida ijodimda litsenziya borasida hech qanday muammolar bo‘lmaganligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari mumkin. Men barcha fotosuratlarni ilova qilganman. Litsenziyamni har uch oyda yangilab turaman”, — deb izoh keltiradi xonanda fotosuratlarga.

Xonanda, shuningdek, ba’zi jurnalistlarga biror yangilik aytishdan oldin, ma’lumot haqiqatga qanchalik yaqinligini tekshirib ko‘rishni maslahat berdi. “Jurnalistlar o‘z kasbining professionallari bo‘lishlari shart”, — ta’kidladi reper.

Yo‘ldosheva Lola Ravshanbekovna. Xonanda. - Sputnik O‘zbekiston
Lolaga litsenziyasi qaytarildi

Shohruhning fikricha, “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi birorta xonandani sababsiz litsenziyadan mahrum qilmaydi.

Reper, shuningdek, bir necha yillardan buyon nima sababdan estrada olamida ko‘rinish bermay qo‘ygani sabablarini ham aytdi.

"Xonandachilikdan tashqari ham ishlarim bor. Dono xalqimiz bejizga yigit kishiga qirq hunar ham oz, demagan. Musiqa ham hozirda men uchun orqa planga o‘tgan. Qo‘shiqchilik men uchun xobbi ekanligini faoliyatim avvalida aytganman. Bo‘sh vaqt topsamgina musiqa yarataman. Tinglovchilarim uchun bu sirmas”, — ta’kidali reper.

Eslatib o‘tamiz, Shohruh O‘zbekistonda rep yo‘nalishida birinchilardan bo‘lib qo‘shiq kuylagan xonanda. 2005-yilda u “Yil kashfiyoti” nominatsiyasida “Tarona” mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uchta albom chiqargan. Shular orasida eng mashhuri — “Balandda” albomi.

 

Yangiliklar lentasi
0