Jamiyat

Pensiya uchun minimal staj miqdorinini oshirish taklif etildi

© Sputnik / Boris Prixodko / Fotobankka oʻtishKeksa momo.
Keksa momo. - Sputnik Oʻzbekiston
7 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish haqidagi masalani koʻrib chiqishdi va ushbu qonun loyihasini bir ovozdan qabul qilishdi.

 

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. “Adolat” Sotsial demokratik partiyasi matbuot xizmatida aniqlik kiritilishicha, bugungi kunda yoshga doir pensiya tayinlash uchun yetarlicha ish stajiga (erkaklar 25 yil, ayollar 20 yil) ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar tayinlash tartibi “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunning 8-moddasi bilan tartibga solinib, unga asosan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyalar ushbu qonun 37-moddasi birinchi qismining tegishli bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi.

Qayd etilishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasiga muvofiq ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi umumiy asoslarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi minimal talab qilingan ish stajini ushbu sohada xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish asosida 7 yilga oshirish nazarda tutilmoqda.

Rasmiy statistik maʼlumotlarga binoan, Oʻzbekiston aholisi soni 2015 yilda 31 milliondan oshgan, pensiya yoshidagi kishilar soni 2,8 millionni tashkil qiladi. HelpAge International Xalqaro xayriya tashkiloti maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekistonda keksa yoshdagilar soni 2050 yilda 19,4% oshishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala