Dunyoda

Kyoln meri oʻzining “shilqimlarga chap berish” maslahati uchun uzr soʻradi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishKyoln koʻchalarining biri.
Kyoln koʻchalarining biri. - Sputnik Oʻzbekiston
Kyoln ober-burgomistri Genriyetta Reker nemis ayollariga “notanish kimsalardan “uzatilgan qoʻl masofasida” nari yurishni” maslahat bergani uchun uzr soʻradi.

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Germaniyaning Kyoln shahri meri Genriyetta Reker Facebookdagi sahifasida nemis ayollarini shahvoniy zoʻravonlikdan saqlash maqsadida ularga bergan maslahati uchun uzr soʻradi. Mer bundan keyin ayollarga oʻzini tutishi borasida maslahatlar bermaslikni vaʼda qilgan.

Politsiyachilar Gamburg koʻchasida. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kyoln merining “shilqimlarga chap berish” usuli nemis ayollarini hayratda qoldirdi

"Agar men oʻz soʻzlarim bilan zoʻravonlik qurboniga aylangan ayollarning dilini ogʻritgan boʻlsam, bundan pushaymonligimni aytmoqchiman. Men bundan keyin ayollarga oʻzlarini qanday tutish borasida maslahatlar berishni xohlamayman va bermayman ham”,  — deb yozgan u Facebook sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, 7 yanvar kuni Kyoln ober-burgomistri Genriyetta Reker nemis ayollariga yolgʻiz sayr qilmaslikni va notanish kimsalardan “uzatilgan qoʻl masofasi”da yurishni maslahat berganidan soʻng, Germaniya ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar “eʼtirozlar boʻroni”da qolib ketgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala