Dunyoda

Intercept: Saudiya Arabistoni shialar bor neftni tortib olishidan havotirda

© AP Photo / Vahid SalemiSaudiya Arabistonida sodir etilgan qatllarga qarshi namoyish.
Saudiya Arabistonida sodir etilgan qatllarga qarshi namoyish. - Sputnik Oʻzbekiston
Saudiya Arabistonidagi qatl zamirida Qirollik oilasining eng vahimali qoʻrquvi yashiringan. Saudiyachilar shialar alohida ajralib chiqib, neftning hammasini tortib oladi va Eron shialariga borib qoʻshiladi, deb qoʻrqyapti, yozadi Intercept nashri sharhlovchisi.

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Shia targʻibotchisi an-Nimr qatli oqibatida yuzaga kelgan Yaqin Sharqdagi diplomatik inqiroz zamirida neft resurslarini nazorat qilish istagi yotibdi, deb yozadi The Intercept portali sharhlovchisi Djon Shvarts, RIA Novosti asosida.

"Yer osti qazilma boyliklarining deyarli barchasi Fors qoʻltigʻida, yaʼni shialar egallagan hududda joylashgan. Sunniy musulmonlari koʻpchilikni tashkil qiluvchi Saudiya Arabistonining eng yirik neft konlari ham shialar yashovchi Sharqiy provintsiyalarda joylashgan”, — deb yozadi Shvarts AQSH Harbiy havo kuchlari maxsus operatsiyalar maktabi professori tomonidan tuzilgan xaritani dalil sifatida keltirar ekan. 

Iroqdagi shia musulmonlarining shayx Nimr al-Nimr qatliga qarshi namoyishi. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron va Saudiya Arabistoni “sovuq urushi”ning 7 sababi

Saudiya qirolligi oilasi mamlakat shialari alohida ajralib chiqib, ulardan neftning borini tortib olishidan va Eron shialariga borib qoʻshilishlaridan qattiq vahimaga tushib qolgan. Muallifning taʼkidiga qaraganda, saudiyachilarda bu qoʻrquv 2003 yilda AQSH Iroqqa bostirib kirib, Saddam Husayn rejimini toʻntarganidan soʻng paydo boʻlgan. Chunki, oʻshanda Iroq hukumati tepasiga Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan shialar koʻpchiligi kelgan.

"Saudiyachilar tomonidan amalga oshirilgan Nimr an-Nimr qatli shialar orasida oʻzboshimchalikni ildizi bilan yoʻq qilishga qaratilgan, deyish mumkin. Saudiya Arabistoni 2011 yilgi Bahrayndagi “Arab bahori” inqilobini ham xuddi shunday maqsadlarda bostirgan edi", — hisoblaydi Shvarts. 

Muallifning yozishicha, Saudiya Arabistonining shia musulmonlariga nisbatan nafrati neft qazilmalari topilmasidan oldin ham mavjud boʻlgan. Ammo gap “qora oltin”ga borib taqalmaganida shia va sunniy musulmonlari oʻrtasidagi kelishmovchilik bugungi kabi oʻta oʻtkir tus olmagan boʻlardi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala