Bosh prokuratura ishonch telefoniga qilingan murojaatlar asosida 168 jinoiy ish qo‘zg‘atildi

© fotoliaQonun va odillik ramzlari
Qonun va odillik ramzlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yarim yil davomida Respublika Bosh prokuraturasi ishonch telefonlariga 26,6 ming murojaat tushdi. Ular asosida minglab tekshiruvlar o‘tkazildi v kerakli qarorlar qabul qilindi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ishonch telefonlariga 2015-yil 1-iyuldan  31-dekabrgacha 26612 murojaat qabul qildi. Ulardan 158tasi – tadbirkorlardan, gazeta.uz xabariga asosan.   

Qilingan murojaatlar dan keyin, prokuratura tekshiruvlari natijasida 5,9 mlrd so‘m miqdorda pensiya va oyliklar to‘landi, 486 mln so‘mlik alimentlar va boshqa qarzlar undirildi, 101 noqonuniy qaror bekor qilindi, sudlarga 20,09 mlrd so‘mlik jarima uchun arizalar topshirildi. Qonunni qo‘pol ravishda buzish hollari bo‘yicha 168 jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 319 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Tadbirkorlar murojaatlari bo‘yicha 7ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi, 26 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi, 19 ta noqonuniy qaror bekor qilindi. Undan tashqari Tadbirkorlarga 6,1 mlrd. so‘m kredit olishda ko‘mak berildi.

Murojaatlarni tezkor ravishda ko‘rib chiqish uchun, ishonch telefonlari markazini 34 vazirlik bilan bog‘lash uchun tezkor aloqa tizimi o‘rnatilgan. Tadbirkorlar murojaatlari ustunvor ravishda ko‘rib chiqish ta’minlangan. Har bir murojaat ustidan elektron nazorat olib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0