2016 yilda O‘zbekistondagi eng yirik investitsion loyihalar

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishGaz turbinali elektr stansiyasi
Gaz turbinali elektr stansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston 2016-yilda 2016-yilda 4, 042 mlrd. $ bo‘lgan 154 sarmoya loyhalarini o‘zlashtirishni rejalashtirgan. Bu prezident Islom Karimov tasdiqlagan Sarmoyalar dasturida belgilangan.

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. O‘zbekiston 2016-yilda 2016-yilda 4, 042 mlrd. $ bo‘lgan 154 sarmoya loyhalarini o‘zlashtirishni rejalashtirgan. Bu prezident Islom Karimov tasdiqlagan Sarmoyalar dasturida belgilangan.

Ushbu sarmoyalarning 2,703 mlrd. $ 85 loyiha bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri chel el sarmoyalari bo‘lsa, 1,339 mlrd. $ 69 sarmoya  loyihalari uchun davlat kafolati evazigan olingan kreditlarni tashkil qiladi.

Sarmoyalarning eng katta qismi yonilg‘i energetika sektoriga to‘g‘ri kelmoqda, Ushbu sohada 34 loyiha bo‘yicha sarmoyalar hajmi 2,29 mlrd. $ ni tashkil qildi.  Ulardan 2,104 mlrd. $ neft va gaz sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri chel el sarmoyasini tashkil qiladi.

Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi 2016-yilda 879 mln. dollar sarmoya kiritishi kutilmoqda. Sarmoyalar umumiy hajmi 8 mlrd. dollar bo‘lgan, mahsulotni bo‘lish haqidagi ikki shartnoma bo‘yicha kiritiladi.

Xitoyning CNPC kompaniyasi O‘zbekistonda to‘rtinchi “O‘rta Osiyo — Xitoy” gaz o‘tkazgichi qurilishiga kirishadi. Loyihaning umumiy narxi 800 mln. Dollar.

Janubiy Koreyaning Daewoo va Hyundai kompaniyalaridan tuzilgan konsorsium Tolimarjon GESini qayta jihozlash loyihasini yakunlaydi. Umumiy qiymati 1,28 mlrd. $ bo‘lgan, ushbu loyiha bo‘yicha 2016-yilda 248,5 mln. $ chet el sarmoyasini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston Temir yo‘llari” korxonasi 2016-yilning aprel oyida “Angren – Pop”, elektrlashgan liniyani ishga tushirishi rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 1,7 mlrd. dollarni tashkil qiladi.

AQShning Boeing kompaniyasi “O‘zbekiston Havo  Yo‘llari”ga ikki Boeing-787-800 Dreamliner samolyoti yetkizib berishi rejalashtirilgan.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi yangi T250 (Chevrolet Aveo) platformasida avtomobillar ishlab chiqarishni boshlaydi. Korxona ushbu loyihaga 104,2 mln dollar investitsiya kiritishni rejalashtirgan.

Hukumat xabariga ko‘ra, 2015-yilning 9 oyida sarmoyalar  hajmi 2014-yilga ko‘ra 11% o‘sishni ko‘rsatdi.

Yangiliklar lentasi
0