Rossiya Ukrainaga elektr energiyasini yetkazib berishdan bosh tortdi

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tish500 kV kuchga ega ochiq taqsimlovchi qurilma.
500 kV kuchga ega ochiq taqsimlovchi qurilma. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kiyev yangi shartnomada Qrimni Ukrainaning bir qismi sifatida ko‘rsatish talabini qo‘ygani uchun Moskva yarim orolga elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Kiyev yangi shartnomada Qrimni Ukrainaning bir qismi sifatida ko‘rsatish talabini qo‘ygani uchun Moskva yarim orolga elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi, xabar qiladi RIA Novosti "Kommersant" ma’lumoti asosida.

Rossiyadan Ukrainaga elektr energiyasi yetkazib berish shartnomasi 2014-yil 30-dekabrda kuchga kirgan edi. Bir yillik shartnoma shartlariga muvofiq tomonlar Qrim yarim orolini energiya bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turishlari lozim edi. Ukrainadan Qrimga, Rossiyadan Ukrainaga elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi 2016-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotdi.

"Rossiya Ukrainaga elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha muhokama olib bormaydi. Bu shartnoma uzaytirilmaydi ham. Chunki boshidanoq shartnoma Ukrainadan Qrimga elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi bilan bog‘langan edi", — iqtibos keltiradi nashr Energetika vazirligi vakili so‘zlarini.

Rossiya Kiyevning yangi shartnomada Qrimga –  Ukraina hududiga kiruvchi yarim orol, deb tarif berish talabiga rozi bo‘lmadi. Ushbu mazmundagi matnga o‘tkazilgan maxsus so‘rovnomada 93% qrimliklar ham qarshi ovoz berishgan. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi "Kommersant" vakili o‘tkazilgan so‘rovnoma xulosalari ommaga e’lon qilingach, hukumat shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilganligi haqida aytib o‘tdi.

2015 yil 22-noyabrda ustunlar ishdan chiqqanligi sababli Yarim orolga elektr energiyasini yetkazib berish to‘xtatilgan edi. To‘rtala ustun ham Ukraina hududi joylashgan bo‘lib, elektr energiyasi manbaini uzatish uchun xizmat qilgan. Dekabr oyida energiyani yetkazish qisman tiklangan edi.

Yangiliklar lentasi
0