ShHT yangi bosh kotibi Tojikistonlik Rashid Alimov bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishShanxay Hamkorligi tashkiloti davlatlari bayroqlari
Shanxay Hamkorligi tashkiloti davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shanxay Hamkorligi tashkilotining yangi bosh kotibi yanvar oyining boshidan o‘z vazifasini o‘tay boshladi. Ushbu lavodimda Alimov Rossiyalik Dmitriy Mezensevning o‘rniga tayinlandi.

 

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. ShHT Bosh kotibi lavozimiga Tojikistonlik Rashid Alimov tayinlandi. Yangi Bosh kotib o‘z vazifalarini 1-yanvardan boshlab o‘tay boshladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Alimovdan oldin ushbu lavozimda Irkutsk viloyati sobiq gubernatori Dmitriy Mezensev egallagan edi. Alimov nomzodi ushbu lavozimga eng munosib deb topildi.

Alimov bundan oldin Tojikistonning Xitoydagi elchisi lavozimida va ShHTdagi doimiy vakili vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

 

Yangiliklar lentasi
0