Jamiyat

Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyadan faqat biometrik pasport bilan chiqib ketishi mumkin

© Sputnik / Vadim ShekunOʻzbekiston fuqarosi pasporti
Oʻzbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Agar fuqaro eski pasport yordamida chiqib ketishga urinsa, unga jarima solinadi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Ushbu yilning 1 yanvaridan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari faqat biometrik pasportlar bilan Rossiyadan chiqib ketishlari mumkin, "Oʻzbekiston xavo yullari" kompaniyasi xabariga asosan.

Rossiya chegara xizmati eski pasport bilan Oʻzbekiston fuqarosini aeroportda, dengiz portlarida, temir yoʻl transporti va avtomobil transportida ham chiqishiga yoʻl qoʻymaydi.

Eski turdagi pasportlar faqat Oʻzbekiston ichida amal qilmoqda. Yaqinda eski pasportlar almashtirish muddati 2018 yilning iyul oyigacha uzaytirishdi.

Agar Oʻzbekiston fuqarosi eski pasport bilan chegarani kesib oʻtishga urinsa unga jarima solinadi.

Milliy aviakompaniya yoʻlovchilarni Rossiyadan Oʻzbekiston yoʻnalshiga chiptalar faqat biometrik pasportlar koʻrsatilganda sotilishi haqida ogohlantirdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala