Vatan himoyachilari taqdirlandi

© Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanHarbiy qasamod qabul qilish jarayoni.
Harbiy qasamod qabul qilish jarayoni. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi, deb xabar beriladi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida.

Yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi va ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashdagi alohida xizmatlari, davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni ta’minlash ishiga qo‘shayotgan salmoqli hissasi hamda ijtimoiy siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» unvoni

Pagay Ilya Vasilyevich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xodimi

Davlatimizning mudofaa qudratini yanada yuksaltirish, milliy xavfsizlikni va davlat chegaralari dahlsizligini ta’minlash ishiga qo‘shayotgan katta hissasi, milliy manfaatlarimizni himoya qilish hamda tinchlik, barqarorlik va jamoat tartibini ta’minlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

O‘zbekiston armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi: yetti muhr ostidagi sir

Myelibayev Jahongir Anvarovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari

I darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan

Burxonov Ahmad Jamolovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari

II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan

Mirzarahimov Yaminjon Toirovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari

«Do‘stlik» ordeni bilan

Axunov Vitaliy Vacheslavovich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasining guruhi chegara rayon boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Ikromov Abduvohid Rixsitillayevich — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

Son Mixail Sergeyevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari

Sultanov Nail Faritovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari

«Mardlik» ordeni bilan

Abduhaniyev Farhod Rahmanberdiyevich — O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi chegara qo‘shinlari guruhi vzvod komandiri

Abdullayev Ulug‘bek Muhiddinovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi komandiri

Bozorboyev Uktamjon Zokirjonovich  - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi komandiri

«Jasorat» medali bilan

Akramov Dilshod Davlataliyevich — O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi «Qamchiq» qidiruv-qutvaruv otradi yo‘riqchi-qutqaruvchisi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Astanov Sherzod Babamuradovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruhi komandirining o‘rinbosari

Bazarov Samandar Safoyevich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i.

«Shuhrat» medali bilan

Abdurazoqov Akmaljon To‘ychiboyevich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism komandirining o‘rinbosari

Asqarov Qidirbay Karamatdinovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otradi qutqaruvchisi

Urumbayev Abdurasul Erikovich – Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi alohida vazifalarni bajaruvchi safarbar otradi guruhi komandiri

Xazratqulov Zokir Rahmanovich Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar ichki ishlar bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi katta texnigi

Xakimov Suxrob Zoxirovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi komandiri

Xushnazarov Bobonazar Shahriyorovich  - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy okrug bo‘limi boshlig‘i

Sharipov Erali Islomovich — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism vzvodi komandirining yordamchisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov

Toshkent shahri, 2016-yil 12-yanvar

Ro‘yhatning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0