Dunyoda

Obama Suriya va Ukrainani Rossiyaning “mijozlari” dedi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishAQSH prezidenti Barak Obama
AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH rahbari Kongressga qilga murojaatida Rossiya, qiyin qiyin iqtisodiy ahvolda boʻlishiga qaramasdan, Suriya va Ukrainani qoʻllab quvvatlashga mablagʻ sarflamoqda, dedi.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti Baraka Obama Suriya va Ukrainani “mijoz davlatlar” deb atadi va AQShda bu bilan tushunmovchilik sababiga  ayalandi.

“Iqtisodi qisqarib borayoganiga qaramasdan, Rossiya oʻz “mijozlari” boʻlgan Ukraina va Suriyani qoʻllab quvvatlashga mablagʻ yoʻllamoqda. Ushbu davlatlar boʻlsa Rossiya koʻz oldida uning taʼsiridan chiqib ketmoqda”, — dedi Obama.  

Shuni aytish kerak-ki, oldindan eʼlon qilingan prezident nutqida “mijoz” soʻzi yoʻq. Bu Obamaning shaxsiy improvizatsiyasi boʻldi va AQShda koʻplab tushunmochilikka sabab boʻldi.

Xususan, Illinoys shtati kongressmeni Piter Roskem bu borada “Bizning doʻstimiz va ittifoqchimiz Ukrainani Rossiyaning “mijozi” deb atalishi, geosiyosiy vaziyatnitushunmaslik belgisi”, — dedi oʻzining Twitter ida.  

Rossiya AQSH va YEIdan farqli oʻlaroq, Ukrainaning ichki ishlariga hech qachon aralashmagan va bu boradagi YEI va AQShning tuhmatini doimo inkor qilib kelgan. Ukraina janubi-sharqidagi muxolifat paydo boʻlishida ham Rossiyaning aloqasi yoʻq. Ular Ukrainaning yangi millatchi hukumati hatti-harakatidan norozolik evaziga vujudga keldi. Rossiya muxolifatga faqat gumanitar yordam koʻrsatib kelmoqda.

Suriyada esa, Rossiya terrorchilikka qarshi kurashib, nafaqat Suriya xalqini “Islom  davlati” terrorchilar guruhi taʼsiridan ozod qilmoqda, balkim butun MDH hududini kelajakda mumkin boʻlgan terrorchilik xavfidan himoya qilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala