Obamaning Kongressga murojaati Trampni esnashga majbur qildi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishAmerikalik milliarder Donald Tramp.
Amerikalik milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti Barak Obama prezident lavozimida Kongressga eng so‘nggi murojaatini yo‘lladi.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘z nutqi davomida Obama u rahbarligi vaqtida partiyalar o‘rtasida qarama-qarshiliklar keskin kuchayib ketganidan afsusda ekanini aytdi.

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod milliarder Donald Tramp Barak Obamaning Kongressga yo‘llagan an’anaviy murojaati o‘ta zerikarli bo‘lganini aytdi.

"Obamaning nutqi o‘ta zerikarli, sust va va lanj edi. Tomosha qilish – juda qiyin",- deb yozdi Tramp o‘zining Twitterdagi sahifasida.

 

Yangiliklar lentasi
0