Hodisalar

Qutqaruvchilar Yenisey daryosidan 20 yil oldin yoʻqolgan odamlar tanasini topishdi

© Sputnik / Sergey Subbotin / Fotobankka oʻtishKrasnoyarskdagi koʻprik.
Krasnoyarskdagi koʻprik. - Sputnik Oʻzbekiston
1995 yilda dom-draksiz yoʻqolgan deb eʼlon qilingan erkak va ayolning tanalari Yenisey daryosida choʻktirilgan avtomobil ichidan topildi.

 

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyalik qutqaruvchilar, oʻquv-mashgʻulot vaqtida Yenisey tubiga shoʻngʻish chogʻida daryoning Krasnoyarskka yaqin joyida, 20 yil oldin dom-daraksiz yoʻqolgan erkak va ayolning tanasiga duch keldilar. Ularning tanalari chet el rusumidagi avtomobilda boʻlganligi maʼlum, xabar qiladi Ichki ishlar vazirligi Krasnoyarsk boʻlimi rasmiy vakili Vladimir Yurchenko.

"Suvga shoʻngʻish chogʻida loyqa bilan toʻlib qolgan mashina, uning ichida esa tanalar borligi aniqlandi. Mavjud maʼlumotlarga qaraganda, tanalar 1957 yilda tugʻilgan erkak va 1965 yilda tavallud topgan ayollarga tegishli. Ular 1995 yilda dom-daraksiz yoʻqolgan deb eʼlon qilingan edi. “Ular Kirov tumanidan qayoqqadir yoʻlga chiqib, daraksiz yoʻqolgan edilar”, — dedi Yurchenko.

Ushbu ish yuzasidan 1996 yilda jinoiy ish qoʻzgʻatilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala