Iqtisod

FAS Gazprom reklamasidan “milliy boylik” iborasini olib tashlashga majbur qildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishSurgutdagi Gazprom ofisi
Surgutdagi Gazprom ofisi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyaning Monopoliyalarga qarshi federal xizmati (FAS) Gazprom reklamasidan “milliy boyligi” iborasini olib tashlashga majbur qildi. Muassasa rahbari Artemyevning fikriga koʻra gaz yoki odamlar milliy boylik boʻlishi mumkin, lekin kompaniya emas.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyaning Monopoliyalarga qarshi federal xizmati (FAS) rahbari Igor Artemyev taʼkidlashiga koʻra, uning tashabbusi bilan “Gazprom” oʻz reklamasdan “milliy boylik” iborasini olib tashlashga majbur boʻldi.  

“Odamlar yoki gaz boylik boʻlishi mumkin, lekin kompaniya emas”, — deb tushuntirdi Artemyev jurnalistlarga payshanba kuni.

Uning soʻzlariga koʻra, Putinning Kirishidagi kengashi protokolida FAS rahbari Artemyevning tashabbusi “inobatga olinsin” deyilgan edi, lekin reklamadan ushbu ibora olib tashlansin deyilmagan. Usha yigʻilishdan keyin ancha vaqt oʻtdi. Yarim yil oldin Artemyev teleekranlardan “Gazprom – milliy boylik” reklama shiori yoʻqolib qolganini sezdi.

Oʻsha vaqtlarda Bosh vazir lavozimida ishlagan, Vladimir Putin rahbarligidagi kengash Kirishida 2012 yilda boʻlib oʻtgan edi. Kengashda Artemyev “Gazprom”ni tanqid qilgandi. Xususan u  Rossiyaning ichki bozorida gazning chakana savdosini “Gazprom” ixtiyoridan chiqarish tashabbusi bilan chiqqan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala