Jamiyat

Chet eldagi Oʻzbekiston fuqarolari biometrik pasportsiz vataniga qayta olmaydilar

© Sputnik / Vadim ShekunOʻzbekiston fuqarosi pasporti.
Oʻzbekiston fuqarosi pasporti. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston hukumati tomonidan biometrik pasportlarning amal qilish muddati 2018 yilning iyul oyiga qadar uzaytirilganiga qaramasdan, eski namunadagi hujjat bilan chet el davlatlaridan chiqishning iloji boʻlmaydi. Bu qaror 2016 yil 1 yanvardan kuchga kirdi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. Chet el mamlakatlari hududida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari diplomatik vakolatxonaga murojaat qilib, eski namunadagi pasportini biometrik pasportga almashtirib olishlari shart.

Oʻzbekiston fuqarolari nobiometrik pasport bilan oʻz vataniga qayta olmaydilar, xabar qiladi Respublika Tashqi ishlar vazirligi oʻzining Facebookdagi sahifasida.

Oʻzbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyadan faqat biometrik pasport bilan chiqib ketishi mumkin

 

TIV axborot-xizmati Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 2011 yilgi Farmoniga muvofiq, nobiometrik pasport 2015 yil 31 dekabrdan boshlab oʻz amal qilish muddatini yoʻqotganligini yana bir bor eslatib oʻtdi. Oʻzbekiston TIV bu haqda boshqa davlatlarni ham xabardor qilgan.

12 yanvar, seshanba kuni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi endilikda oʻzbekistonliklar Rossiya hududini biometrik pasportsiz tark eta olmasliklari haqida taʼkidlagan edi. Aniqlik kiritilishicha, agar Oʻzbekiston fuqarosi Rossiya chegarasini eski namunadagi pasport orqali kesib oʻtishga harakat qilsa, u reysdan qoldiriladi. Va unga jarima belgilanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala