Dunyoda

Obama oʻzi tashrif buyurgan shahar nomini adashtirib qoʻydi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishAQSH prezidenti Barak Obama.
AQSH prezidenti Barak Obama. - Sputnik Oʻzbekiston
AQSH prezidenti Baton-Ruj shahri aholisini oʻzini qoʻllab-quvvatlayotganligi uchun minnatdorchilik bildirar ekan: “Rahmat, Yangi Orlean!”, - dedi. Yana bir shaharda chiqishi chogʻida Obama Qoʻshma Shtatlar necha yildan buyon mavjudligini ham unutib qoʻygan edi.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti Barak Obama Luiziana shtati poytaxti Baton-Rujga tashrifi chogʻida, shahar nomini adashtirib qoʻydi, RIA Novosti, The Washington Times xabari asosida.

"Rahmat, Yangi Orlean!" –  dedi oʻz nutqini yakunlar ekan, Obama Baton-Ruj ahliga qarata.

AQSH prezidenti Barak Obama. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
The Boston Herald: Obama moʻjizalar mamlakatida yashaydi

The Washington Times nashrida yozilishicha, chorshanba kuni Obama, Nebraska shtati Omaxa shahrida chiqish qilayotib, “AQSH tashkil etilganiga mana 250 yil toʻldi”, — deb taʼkidlagan. Vaholanki, 2015 yilda mamlakat oʻz Mustaqilligining 239 yilligini nishonlagan edi.

Chorshanba va payshanba kunlari Nebraska va Luiziana shtatlariga tashrif uyushtirgan Barak Obama oddiy xalq bilan Kongressga murojaatini muhokama qilgan. Obama seshanba kuni kechqurun AQSH prezidenti lavozimida soʻnggi bor Kongressga murojaatini yoʻllagan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala