Toshkentda benzin tashuvchi mashina ag‘darildi

© Facebooke / Voditeli TashkentaAg‘darilgan benzin tashuvchi yo‘l harakatini to‘sib qo‘ydi
Ag‘darilgan benzin tashuvchi yo‘l harakatini to‘sib qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hodisa natijasida Oqtepa tumani ko‘chalaridan birid to‘rt soat davomida berkitildi. Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Poytaxtning Oqtepa tumanida juma kuni ertalab benzin tashuvchi avtomobil ag‘darilib tushdi. Militsiya xodimlari bir necha soat davomida yaqin kuchalarda harakatni berkitishdi, deb xabar bermoqda ijtimoy tarmoqdagi "Voditeli Tashkenta" guruhi a’zolari.

Guvohlarning aytishiga qaraganda, voqea sodir bo‘lgan joy yaqin atrofida kuchli benzin hidi sezilib turgan. Ijtimiy tarmoq guruhi a’zolari ag‘darilib tushgan benzin tashuvchi avtomobil suratini ham chop etishgan.

Hozirgi vaqtga kelib Toshkentda avtomobil harakati to‘liq tiklangan. YTH sabablari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0