Toshkentda “SUVGEO” binosida yong‘in ro‘y berdi

Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda yong‘in xavfsizligi xodimlari tomonidan yong‘in bartaraf etildi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik.  Bugun, 15-yanvar kuni “SUVGEO” Toshkent ilmiy-tadqiqot instituti binosida yong‘in ro‘y berdi. Tashkilot “Novza” (sobiq “Hamza”) metrosi yaqinida, Bunyodkor prospektida joylashgan, deb xabar beradi "Toshkent haydovchilari" guruhi o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘i sahifasida.

Chilonzor tumani yong‘in xavfsizligi bo‘linmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in kunduz kuni 15:11da boshlangan. Yeng‘inni bartaraf etish uchun beshta mashina ish olib borgan.

Yong‘in sabalari, jabr ko‘rganlar haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.

Guvohlardan birining so‘zlariga qaraganda, yong‘in binosi yonida ko‘pgina “Tez tibbiy yordam” mashinalari to‘plangan bo‘lsa-da, ammo jarohat olganlar qayd etilmagan. “Hammasi joyida, jarohat olganlar yo‘q. Sexning o‘zi yonyapti”, — deb yozgan guvoh.

 

Yangiliklar lentasi
0