O‘zbekiston YaIMi 2015-yilda 8%ga o‘sdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti hukumat majlisida 2015-yil yakunlari va 2016-yilda kutilayotgan iqtisodiy vaziyat haqida so‘zladi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston YaIMi 2015-yilda 8,1 % ga o‘sdi dedi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov juma kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar mahkamasi majlisida.

Prezident so‘zlariga qaraganda, o‘tgan yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8% ga o‘sdi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish – 6,8 %ga, sarmoyalar – 9,5 %ga o‘sdi. 2014-yilda ushbu ko‘rsatkichlar 8,3, 6,9 va 10,9 %ga o‘sgan edi.    

Prezident mamlakat iqtisodiga qilingan sarmoyalar 3,3 milliard dollarni tashkil qilganini, ulardan 73 % — to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el sarmoyalari ekanligini xabar berdi. Undan tashqari o‘tgan yilda umumiy qiymati 7,2 milliard dollar bo‘lgan 158 ishlab chiqarish sarmoyali loyihalar yakunlanganini ta’kidladi.   

2016 yilda respublikada YaIM o‘sishi 7,8 % darajasida kutilmoida, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish – 6,1 %, korxona asosiy kapitaliga sarmoyalar miqdori 9,6 % ni tashkil qilishi kutilmoqda. Budjetning asosiy qismi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0