Pekinda Osiyo infrastruktura investitsiyalari banki ishga tushdi

Obuna bo‘lish
Tashkilotchi mamlakatlar bir vaqtda ramziy tugmalarni bosib OIIB ishini boshlashdi. XXR prezidenti Si Szinpin ham ochilish marisimida qatnashdi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Osiyo infrastruktura investitsiyalari banki (OIIB) asoschilari bo‘lgan 57 mamlakat a’zolari rasmiy ravishdi uni ochishdi. Bank prezidenti vazifasi o‘tovchisi etib Xitoyning sobiq moliya vaziri o‘rinbosari Szin Litsun tayinlandi.

Bank ochilish marosimi Xitoy poytaxti Pekinda bo‘lib o‘tdi. 57 mamlakatdan kelgan delegatsiya rahbarlari ramziy to‘gmalarni baravariga bosib bank faoliyatini boshlashdi. XXR prezidenti Si Szinpin ham ochilish marisimida qatnashdi.

Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi 2016-yilda boshlanadi

OIIB banki a’zo mamlakatlari moliya vazirlari uchrashuvi Pekinda 2016-yilda o‘tkaziladi. Keyinchalik bunday uchrashuvlar doimiy ravishda boshqa shaharlarda ham o‘tkazilishi kutilmoqda.  

AIIB (Asian infrastructure investment bank) ni tashkil qilish haqidagi kelishuv 29-iyunda 57 tashkilotchi mamlakatlar a’zoligida imzolangan edi. Bankning Direktorlar kengashida eng ko‘p ovoz Xitoyga, Hindistonga va Rossiyaga tegdi. Bank boshlang‘ich kapitali 50 mlrd dollarni tashkil qildi. Keyinchalik uni 100 mlrd dollarga yetkizish nazarda tutilgan.

AIIB (OIIB) o‘zi inima?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin (o‘ngda) va XXR rahbari Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Dunyodagi yangi tartib-qoidalarni Rossiya va Xitoy belgilaydi, AQSh emas.

Osiyo infrastrukturaga investitsiya qilish banki ko‘p tomonlama rivojlanish banki bo‘lib, 21-asr uchun yaratilgan. Bank asosi hozirgi zamonda faoliyat ko‘rsatayotgan jahon taraqqiyot banki tajribasiga va xususiy tadbirkorlikka tayangan holda faoliyat ko‘rsatadi. Uning ishlash tamoyillari yengil, ma’naviy qadriyatlarga asoslangan, korrupsiyasiz va atrof muhitga e’tiborli bo‘ladi.

AIIB zamonaviy bilimlarga asoslangan institut bo‘lib, uning asosiy faoliyati Osiyo mintaqasining sanoat infraqurilmasini, energetik quvvatini, transport va telekommunikatsiya, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti, sanitariya va tabiatni muhofaza qilish sohalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0