Xalq Ta’limi vaziri fuqarolar bilan onlayn muloqotda bo‘ldi

© inclusive.uzMaktab kunlari
Maktab kunlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston Xalq Ta’limi vaziri fuqarolar bilan onlayn rejimda muloqotda bo‘ldi. Fuqarolar savol vazirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri berib undan javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Bugun ertalab soat 10:00 O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligining internet sahifasida vazir Ulug‘bek Inoyatov bilan onlayn muloqot o‘tkazildi. Undan har bir fuqaro Ta’lim vaziriga qiziqqan savollarni berishi va o‘z takliflarini kiritishi mumkin edi.

Vazir ishtirokidagi onlayn muloqot soat 12:00 ga qadar davom etdi. Savollarini berishga ulgurmagan fuqarolar vazir nomiga elektron pochta orqali xabar yo‘llash imkoniga ega. Elektrn pochta adresi press@xtv.uz.

Sobiq Toshkent Davlat pedagogika instituti rektori Xalq Ta’limi vaziri vazifasida 2013-yil 7-fevraldan beri ishlab kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0