Burkina Fasodaggi teraktda 18 mamlakat vakillari qurbon bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Pervensev / Mediabankka o‘tishUagadugu shahri, Burkina Faso
Uagadugu shahri, Burkina Faso - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maxsus operatsiya vaqtida 4 terrorchi yo‘q qilindi, Splendid mehmonxinasida terrorchilar o‘nlab kishilarni garovda ushlab turibdi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Burkina Faso poytaxti Uagadugudagi terakt chog‘ida 23 kishi qurbon bo‘ldi, RIA Novosti Frasn Press xabari asosida.  

Juma kuni notanish terrorchilar Uagadugudagi kafega hujum qilishda va undan keyin Splendid mehmonxonasini egallab u yerda bir necha kishini garovga olishgan edi. Ushbu mehmonxonada asosan chet el fuqarolari yashaydi. Ular orasida ko‘p BMT vakillari bor. Fransiya va Rossiya elchixonalari ushbu hujumni terrorchilar hujumi deb atagandi.

Hozirgi vaqtga kelib Splendid mehmonxonasini ozod qilish yakunlangan, lekin jangarilar uning yaqinida joylashgan Yibi mehmonxonasiga o‘tib olishgan.

Mehmonxona hujumida qatnashgan harbiy ofitser, Reyter agentligiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, terrorchilar guruhi ayollardan tashkil topgan bo‘lgan va ularning to‘rttasi yo‘q qilingan.

Burkina Faso Xavfsizlik xizmati vakili xabar berishiga ko‘ra Splendid mehmonxonasidan garovga olinganlardan 126 kishi ozod qilingan. Ozod qilish operatsiyasida Fransiya maxsus xizmati va Burkina Faso harbiylari qatnashgan.

SITE monitoring guruhi xabar berishiga ko‘ra, Uagadugudagi mehmonxonaga hujum uyushtirgan jangarilar "Al-Murabitun" terrorchi guruhi vakillari bo‘lib, ular o‘tgan yilning Noyabr oyida qo‘shni mamlakat Mali poytaxtidagi mehmonxonaga hujum uyushtirishgan edi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0