Jamiyat

Oʻzbekistonda yirik shaharlar bosh plani qayta koʻrib chiqiladi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hisob-kitobi bilan bundan buyon Prognoz va Makroiqtisodiy Tadqiqotlar instituti javob beradi. Yangi bosh planlar har besh yilda qayta koʻrib chiqiladi.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati mamlakatda eng yirik maʼmuriy markazlar boʻlgan Nukus, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Namangan shaharlar  bosh planini qayta koʻrib chiqish haqida topshiriq berdi, Oʻzbekiston Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi vakili xabariga koʻra.  

Rejaga koʻra, shaharlarning yangi koʻrinishi uch bosqichda ishlab chiqiladi. 2017 yilda Andijon va Samarqandning yangi bosh rejasi paydo boʻladi, 2018 yilda Buxoro va Nukusning va 2019 yilda Navoiy va Namangan shaharlari yangi bosh planga ega boʻladi.

“Ushbu qaror koʻpchilik tomonidan kutilgan edi. Oʻzbekistonning asosiy maʼmuriy markazlarida hozirgi kunda faol qurilish ishlari olib borilmoqda. Har doim ham ushbu ishlar kelajakda rivojlanish istiqbollarini hisob-kitobi bilan olib borilmayapti. Shuning uchun nafaqat shahar qurilish haqidagi hujjatlar ishlab chiqarish tartibini rivojlantirish, balki ularni oldindagi oʻnlab yillar istiqboli hisob-kitobi bilan olib borilmoqda”, — dedi mutaxassis.   

Buning uchun hukumat shahar bosh plani ishlab chiqarishning yangi tartibini tasdiqladi. Unga koʻra javobgarlik tanlangan toʻrt tashkilot orasida aniq taqsimlangan.

Bundan buyot Prognoz va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ijtimoiy-iqtisodiy izlanishlar uchun javobgar.

Ijtimoiy izlanishlar instituti sotsial infrastruktura xizmatlar, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarning rivojlanishi uchun javobgar boʻladi.

Hududda sanoat rivojlanishi istiqbollarini, mavjud boʻlgan tabiiy va mineral-xom ashyo zahiralari asosida, “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti belgilaydi.     

Yer zahiralaridan foydalanish va foydalanuvchilar tarkibini belgilash “Oʻzdaverloyiha” Ilmiy-loyiha institutiga topshirildi.

Yangi bosh planlar ishlab chiqarish har besh yilda qayta koʻrikdan oʻtadi, har oʻn yilda esa unga shahar qurilishining zamonaviy talablari va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarga binoan kerakli oʻzgarishlar kiritiladi.

Bosh planlar ishlab chiqarish, shaharlar va posyolkalarni mayda-chuyda tafsilotlarigacha rejalashtirish bilan faqat “OʻzshharsozlikLITI” va “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0