Rossiya delegatsiyasi PASE sessiyasida qatnashishdan voz kechdi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishPASE majlislar zali
PASE majlislar zali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Strasburgga faqat teng huquqli davlat sifatida qaytadi, dedi Rossiya davlat Dumasi MDH va Yevropa integratsiyasi qo‘mitasi raisi Leonid Sluskiy.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi Yevropa parlamentlar assambleyasi kengashi  (PASE) yig‘ilishiga qatnashmaydi, dedi jurnalistlarga Leonid Sluskiy.

“PASE rahbari Ann Brasser nomiga Rossiya parlamenti spikerlari tomonidan xat yuborilgan. 2016-yildagi Rossiya delegatsiyasi vakolatlari keyinroq aniqlanadi, Yanvar sessiyasida esa biz qatnashmaymiz.”, — dedi Sluskiy.   

Uning so‘zlariga qaraganda Rossiya Strasburgga faqat barcha vakolatlari qaytarilganidan keyin, teng huquqli davlat sifatida qaytib keladi. Davlat dumasi spikeri Sergey Narishkin aytganidek “Biz hech qanday diskriminatsiyaga chidamaymiz, Rossiya delegatsiyasiga qarshi har qanday sanksiya – qabul qilib bo‘lmaydigan ish”.

2015 yil yanvarida PASE Ukrainadagi vaziyat munosobati bilan Rossiya delegatsiyasini ovoz berish huquqidan, asosiy organlar faoliyatida qatnashish huquqidan va saylovlarni monitoring qilish huquqidan mahrum qilgan edi. Bunga javoban Rossiya delegatsiyasi 2015-yil oxirigacha PASEni tashlab chiqib ketgan edi.

Eslatib o‘tamiz PASE 1949-yilda tashkil qilingan bo‘lib Yevropa va dunyoda inson huquqlari, qonun ustunvorligi, halol saylovlar o‘tkazish kabi sohalarda muhim rol o‘ynab kelmoqda. Rossiya 2014-yilda PASE budjetiga eng ko‘p mablag‘ o‘tkazgan besh mamlakatning biri bo‘lgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0