Qo‘ng‘irot soda zavodi quvvati 2 baravar oshadi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishKalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish
Kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi asbob-uskunalar zavodda allaqachon o‘rnatilgan va sinov tartibida ishga tushirilgan. Yaqin ikki oy ichida zavod to‘liq quvvat bilan ishga tushadi.

 

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Xitoyning CITIC kompaniyasi O‘zbekistondagi Qo‘ng‘irot soda zavodi quvvatini oshiradi, deb xabar berdi loyiha buyurtmachisi bo‘lgan “O‘zkimosanoat” vakili.  

2012 yilda Xitoyning CITIC Ltd kompaniyasi va “O‘zkimosanoat” AJ Qo‘ng‘irot soda zavodi quvvatini ikki baravarga oshirib, yiliga 200 ming tonnaga yetkizish uchun asbob uskunalar loyihalashtirish va yetkiziyub berish borasida shartnoma imzolagan edilar.

“Yangi asbob-uskunalar o‘rnatilgan va sinov tartibida ishga tushirilgan, yaqin ikki oy ichida zavod to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi”, — dedi “O‘zkimosanoat vakili.

Loyiha uchun kerak bo‘lgan sarmoyaning 77 mln $ Eksimbank tomonidan, 14,4 mln $ — O‘zbekiston taraqqiyot fondidan va qolgan qismini “O‘zkimosanoat” tomonidan kiritilgan.  

2008 yilning avgustida CITIC Ltd umumiy qiymati 250 mln $ bo‘lgan Qo‘ng‘irot soda zavodini ishga tushirdi. Zavod quvvati yiliga 100 ming tonna sodani tashkil qiladi. SSSR davrida O‘zbekistonga yiliga 150-160 ming tonna kalsiylashtirilgan soda olib kelinar edi. Bugungi kunda respublikada ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyoj 70-80 ming tonnani tashkil qilmoqda.

Zavodning xom-ashyo bazasi “Borsakelmes” osh tuzi koni va “Djamansay” ohak konlari hisoblanadi.

Kalsiylashtirilgan soda yoki natriy karbonati juda ko‘p sohalarda ishlatiladi. Oyna (shisha) va  emal bo‘yoqlar sanoatida, turli xiz tozalash kimoviy moddalari,  kir yuvish poroshoklari va sovun ishlab chiqarishda. Undan tashqari natriy karbonati suvning qattiqligini yumshatishda, cho‘yan sanoatida va metallarni yog‘sizlantirishda ham ishlatiladi.   

 

Yangiliklar lentasi
0