Suriya hududidan otilgan snarad, Turkiyadagi maktab yaqinida portladi

© Sputnik/Omer Faruk Baran / Mediabankka o‘tishTurkiyada portlash ro‘y bergan joyni politsiyachilar qurshab oldi.
Turkiyada portlash ro‘y bergan joyni politsiyachilar qurshab oldi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya janubi, Kilis provinsiyasida Suriya hududidan otilgan snarad portladi.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Suriya hududidan Turkiya janubi, Kilis provinsiyasiga qarab otilgan snaradning portlashi natijasida, ikki kishi olamdan o‘tdi, RIA Novosti Haberturk portali asosida.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, to‘rt kishi jarohatlangan.

Jami ikkita snarad portlagan. Ulardan biri, mashg‘ulot o‘tayotgan maktab hovlisiga kelib tushgan. Politsiyachilar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi jarohatlangan.

Turk harbiylari Istambuldagi teraktdan so‘ng 200ga yaqin jangarilarni yo‘q qildi

"Bugun ertalab ikkita snarad portladi — ulardan biri maktab hovlisiga, ikkinchisi sal naridagi keng maydonga kelib tushgan. Snaradlar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Ular Suriyadan otilgan, deb taxmin qilinmoqda. To‘rt kishi jarohatlangan. Jabrlanuvchilar mahalliy kasalxonaga yotqizilgan. Snarad tushgan maktabda evakuatsiya ishlari amalga oshirildi. Tumandagi boshqa maktablarda ham shunday ishlar amalga oshirilmoqda", — dedi mer NTV telekanali efirida.

Mer Turkiya OAVlarida yozilgani kabi, portlash natijasida ikki kishi halok bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotni tasdiqlamadi. U hozirda xavfsizlik bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilayotgani haqida aytib, mahalliy aholidan vahimaga tushmaslikni so‘radi.

Hodisa ro‘y bergan joyga ko‘plab tez tibbiy yordam mashinalari va politsiyachilar yetib kelishgan. Tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0