The Independent: “Islom davlati” jangarilar maoshini ikki barobarga qisqartirdi

© Ethiopian press"Islom davlati" jangarilari.
Islom davlati jangarilari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Terrorchilik uyushmasi “g‘aznachiligi” chiqargan buyruqqa binoan, ushbu chora istisnosiz, barcha majohidlarga nisbatan qo‘llanilishi alohida ta’kidlangan.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik.  “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi jangarilarning maoshi ikki barobarga qisqartirilishi haqidagi buyruqni e’lon qildi, RIA Novosti, Britaniyaning The Independent nashri asosida.

Ushbu hujjat, “Islom davlati”ning Suriyaning Rakka shahrida joylashgan “g‘aznachiligi” tomonidan chiqarilgan.

“Islom davlati” duch kelayotgan o‘ziga xos vaziyatlar natijasida majohidlarga to‘lanayotgan maoshni teng yarmiga qisqartirish qarori qabul qilindi. Va bundan egallab turgan lavozimidan qat’iy nazar, hech kim ozod qilinmaydi”, — deyiladi uyushma tomonidan chiqarilgan buyruq matnida.

Suriyada “Islom davlati” 400 kishini asir oldi

O‘tgan yilning 30-sentabridan boshlab, prezident Bashar Asaddan tushgan taklifga binoan Rossiya Suriyadagi “Islom davlati” hamda “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhlari obyektlari bo‘yicha aviazarbalarni amalga oshira boshladi. Bu vaqt oralig‘ida Harbiy-kosmik kuchlar Kaspiy flotiliyasi kemalari ishtirokida bir necha yuzlab jangarilarni hamda minglab terrorchilik obyektlarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldilar.

Rossiya bilan bir qatorda Suriya hukumatining rasmiy ruxsatini olmagan AQSh boshchiligidagi koalitsiya ham “ID” obyektlari bo‘yicha aviazarbalarni amalga oshirib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0