“Islom davlati”ning mashhur jallodi – Jihod Jon o‘ldirildi

Obuna bo‘lish
Terrorchilik uyushmasining eng mashhur jallodi - Jihod Jonni yo‘q qilish operatsiyasi AQSh va Buyuk Britaniya hamkorligida o‘tkazildi.

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan berilgan aviazarbalar natijasida eng mashhur jangarilardan biri — Jihod Jon yo‘q qilingani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi, RIA Novosti, Frans Press ma’lumoti asosida.

Terrorchilar safiga qo‘shilishni afzal bilgan mashhur britaniyalikning o‘limi haqida noyabr oyida Pentagon xabar qilgan edi.

Jihod Jon 2014-yilning avgustida, amerikalik jurnalist Jeyms Foulini qatl qilgach, mashhur bo‘lib ketgan edi. Mart oyida esa ommaviy axborot vositalari terrorchining talabalik shaxsiy varaqasidagi suratini chop etdi. Suratdagi yozuvga muvofiq, Jihod 1988-yilning 17-avgustida tug‘ilgan. Bundan tashqari, Vestminster universitetini tamomlagan yosh yigitning asl ismi Muhammad Emvazi ekanligi ma’lum qilingan.

Iroq sapori Ar-Ramadiy shahrida Islom Davlati harakatlari haqida gapirmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
“Islom Davlati”ning "urush vaziri” o‘ldirildi

Britaniya OAVlari yaqinda Jihod Jonning o‘g‘li dunyoga kelgani haqida xabar qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, bola avtomatik tarzda Britaniya fuqaroligini olgan. Uning onasi kimligi esa noma’lum.

“Islom davlati” bugungi kunda dunyo xavfsizligiga dahl qilayotgan eng asosiy yovuz kuch bo‘lib qolmoqda. Uch yil ichida terrorchilar Iroq va Suriyaning kattagina qismini bosib olishga ulgurdilar. Bundan tashqari ular Shimoliy Afrikada, jumladan, Liviyada o‘z ta’sirini yoyishga harakat qilib kelmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0