Moskva viloyatida bir guruh o‘smirlar elektrichka yo‘lovchilarga bita bilan hamla qilishdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMoskva metropoliteni. "Baumanskaya" bekati.
Moskva metropoliteni. Baumanskaya bekati. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Guvohning so‘zlariga qaraganda, bezorilar avvaliga vagonlar bo‘ylab yugurib, o‘ziga kerakli qurbonni axtarishgan. Hujumdan so‘ng, ko‘zni yoshlantiruvchi gaz balonlarni ishga solib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan.

 

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik.  Seshanba kuni kechqurun bita va gaz balonlar bilan qurollangan bir guruh o‘smirlar Kiyev vokzalidan Aprelevkaga qarab yo‘l olgan elektrichka yo‘lovchilariga hujum uyushtirishgan, xabar qiladi RIA Novosti guvoh Ramazon Alpaut so‘zlari asosida.

Yigitning hikoya qilishicha, seshanba kuni kechqurun Solnsevo tumaniga kelib qolgan elektrichkaga yuzlari tibbiyot niqoblari bilan to‘silgan, bita ushlab olgan 8-10 nafar o‘smirlar chiqishgan.

“Ular vagon bo‘ylab yugurib chiqishdi, o‘zlariga kerakli qurbonni topolmadilar, chog‘i, keyingi vagonga qarab o‘tib ketishdi. Tez orada qo‘shni vagondan baqir-chaqir ovozlari kela boshladi. To‘da o‘ttiz yoshlardagi kavkazcha ko‘rinishga ega yigitni bita bilan kaltaklayotgani ma’lum bo‘ldi. Navbatdagi bekatda ko‘zni yoshlantiradigan gaz balonlarni vagondagilarga qarata purkagan bezorilar vagondan otilib chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi. Yo‘lovchilar aksirgancha qolib ketaverdi. Jabrdiyda esa qonga belangan holda yotardi”, — hikoya qildi guvoh.

Alpautning so‘zlariga qaraganda, yo‘lovchilar politsiya chaqirishga, mashinist bilan bog‘lanishga harakat qilib ko‘rishgan, ammo vagondagi chaqiruv tugmasi nosoz bo‘lib chiqqan. Shunda, guvohning o‘zi mashinistlar kabinasigacha yugurib borib, ularga vaziyatni tushuntirgan va keyingi bekatga tez tibby yordam xizmatini chaqirishni so‘ragan.

 

Yangiliklar lentasi
0