Eng kuchli davlatlar ro‘yxati

© IA "Jaxon"O‘zbekiston armiyasi harbiy xizmatchilari.
O‘zbekiston armiyasi harbiy xizmatchilari. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston ushbu ro‘yhatdan o‘rin olmagan bo‘lsa-da, ammo, Global Firepower tuzilgan dunyo reytingida 54-o‘rinni egallagan o‘zbek armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli, deb topilgan.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Amerikaning U.S. News and World Report nashri tomonidan tuzilgan “Harbiy tayyorgarlik jihatdan eng kuchli davlatlar reytingi”da birinchilikni AQSh egallagan. Ikkinchi o‘rin – Rossiyaga, uchinchi o‘rin esa – Xitoyga berilgan.

O‘zbekiston armiyasi askarlari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi: yetti muhr ostidagi sir

Vashingtonning harbiy harajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulot(YaIM)ning 3,5% ni tashkil qilgan bir paytda, Rossiya Federatsiyasi o‘z harbiy ehtiyojlari uchun YaIMning 4,5%ni sarflaydi. Yetakchilar uchligini Xitoy yakunlab bergan bo‘lsa, to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Germaniya hamda Buyuk Britaniya egallagan.

Reytingdan dunyoning 60ta mamlakati o‘rin oldi. Garchi, O‘zbekiston ushbu ro‘yhatga kiritilmagan bo‘lsa-da, ammo, Global Firepower tuzgan dunyo reytingida 54-o‘rinni egallagan o‘zbek armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli, deb topilganini e’tirof etish mumkin.

Reyting BAV Consulting kompaniyasi hamda Pensilvaniya universiteti bilan hamkorlikda tuzilgan. Ma’lumotlar 36 mamlakatda o‘tkazilgan so‘rovnoma xulosalariga asoslangan.

Yangiliklar lentasi
0