Rossiya kommunistlari Lenin rolini Di Kaprio ijro etishiga keskin norozilik bildirishmoqda

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishAktor Leonardo Di Kaprio.
Aktor Leonardo Di Kaprio. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Peterburg kommunistlar tashkiloti faollari “Rossiya kommunistlari” partiyasi bilan birgalikda “Lenfilm” oldida norozilik namoyishini o‘tkazishga va’da berishmoqda. “Lenfilm” kinostudiyasi tomonidan Di Kaprio ishtirokida film suratga olinishi ushbu noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Gollivud aktori Leonardo Di Kaprio Vladimir Lenin rolini ijro etadigan bo‘lsa, “Leningrad viloyati va Peterburg kommunistlari” tashkiloti hamda “Rossiya kommunistlari” partiya a’zolari bunga qarshi norozilik namoyishlarini o‘tkazishga va’da berishmoqda, xabar qiladi RIA Novosti.

Biroz oldin "Lenfilm" kinokompaniyasi matbuot-kotibi Valeriy Karpov Vladimir Putin, Grigoriy Rasputin yoki Vladimir Lenin rolini ijro etish istagini bildirgan Gollivud aktori Leonardo Di Kaprio ishtirokida kartina suratga olinishi haqida ma’lum qilgan edi.

"Biz bugun “Lenfilm”ga maktub yo‘lladik. Agar ular Leonardo Di Kaprioga Lenin rolini ijro etishga imkon berishsa, bunga qarshi norozilik namoyishlari boshlanadi. “Lenfilm” ostonasida turib, hech kimni ichkariga kiritmaymiz. Kinokompaniya xodimlari rossiyalik aktorni qidirib ko‘rishsin bu rolga. Nahotki, Lenin rolini ijro etadigan yigitlar o‘zimizda topilmasa", — deb ta’kidlaydi “Rossiya kommunistlari” partiyasi a’zosi Sergey Malinkovich.

Malinkovich, shuningdek, Di Kaprioning buyuklar rolini ijro etish istagini oddiy xalq keskin qarshi olayotgani haqida gapirdi. "Xalq bilan bir qatorda, deputatlar ham bunga qarshi chiqishmoqda. Ular Lenin rolini ijro etgan Ulyanov, Shukin, Kirill Lavrov singari daho aktorlarimizdan keyin Di Kaprio ushbu rolni ijro etishga ma’naviy haqli emas, deb hisoblashmoqda", — dedi Malinkovich.

U, shuningdek, aktorning xohish-istagi, ayniqsa, veteranlar tomonidan keskin qarshi olingani haqida aytdi. "U shu paytgacha tuban nusxalar rolini qoyilmaqom qilib ijro etgan. Shu bois Lenin rolini ijro etishga haqli emas. Qolaversa, u na Lenin yashagan muhitni, na uning hayot tarzini biladi. Shu sababdan, Di Kaprioning suratini mayda-mayda qildik. Agar, istagi shu qadar kuchli bo‘lsa, Shushunskda olti oy surgunda yashab ko‘rsin”, — deb o‘z suhbatiga yakun yasadi Malinkovich.

 

Yangiliklar lentasi
0