Jamiyat

Oʻzbekistonda uyali aloqa va ijtimoiy tarmoqlar oʻchirilishi mumkinmi – ekspert fikri

© Collage SputnikAndroid One smartfoni.
Android One smartfoni. - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda messenjerlar faoliyati cheklanishi mumkinligi sababi, ularni nazorat qilishning iloji yoʻqligida. Koʻpdan-koʻp holatlarda ijtimoiy tarmoqlar rahbarlari davlat bilan hamkorlikda ishlaydilar, deb taʼkidladi “Ijtimoiy tarmoqlar” agentligi direktori.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik, Mariya Sheludyakova. “Kamolot” yoshlar harakati ekstremistik gʻoyaga ega materiallar targʻibotining oldini olish maqsadida Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoq va messenjerlar faoliyatini cheklashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Tashkilot Telegram, Facebook va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlarini nazorat ostiga olish niyatida. “Ijtimoiy tarmoqlar” agentligi rahbari, telekommunikatsion texnologiyalar sohasi eksperti Denis Terexov Sputnik muxbiriga, texnik nuqtai-nazardan Internetda maʼlumotlar tarqatilishini nazorat qilishning iloji bor-yoʻqligi haqida soʻzladi.

Feysbuk ijtimoiy tarmogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar taʼqiqlanishi mumkin

Terexovning taʼkidlashicha, bu borada ijtimoiy tarmoqlar hech qanday muammo tugʻdirayotgani yoʻq – tarmoq egalari va alohida guruhlar administratorlari hukumat bilan ishlashga rozi boʻlgan bir paytda, messenjerlar bilan oʻzaro aloqa yoʻl qoʻyishning iloji boʻlmayapti. 

Misol uchun, Telegram messenjeri yaratuvchisi Pavel Durov hukumatga bazadagi maʼlumotlarni berishdan keskin bosh tortgan.

"Koʻrinib turibdiki, messenjerlar oʻchirilishi haqidagi gap-soʻzlar, eng avvalo, ular davlat nazoratida emasligi tufayli kelib chiqdi", — taʼkidladi  ekspert.

Aslini olganda, messenjerlar faoliyatini toʻxtatish oson ish emas, chunki bu kabi servislar “shaxsdan shaxsga” protokoli asosida ish yuritadi. Ekspertning soʻzlariga qaraganda, messenjerlar faoliyatiga taʼsir koʻrsatish uchun Internet va uyali aloqa xizmatini oʻchirish qoʻyishdan boshqa chora yoʻq.

“Alohida olingan dasturlarni oʻchirish oson ish emas. Bu singari messenjerlar hammada yuz foiz blokirovka qilinadi, deb ham boʻlmaydi. Balki iloji ham topilar, lekin Oʻzbekiston Shimoliy Koreyaga aylanishiga koʻzim yetmayapti”, — dedi Terexov, bu kabi taʼkidlarning barchasi birinchi navbatda messenjerlarga poʻpisa qilish maqsadida emas, balki haqiqatan ham ularni nazorat qilish imkoni yoʻqligi uchun paydo boʻlganini taʼkidlab.

Ekspert shuningdek, messenjer va ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklanishi zamirida texnik emas, siyosiy sabablar yotishini taʼkidlab oʻtdi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala