Namangan – Yekaterinburg yo‘nalishida parvozlar yo‘lga qo‘yildi

Obuna bo‘lish
Endilikda Rossiya “Ural avialiniyalari” aviakompaniyasi Airbus 320 samolyotlari Namangan – Yekaterinburg yo‘nalishida haftada bir marta, payshanba kunlari parvozlarni amalga oshiradi.

TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Namangan – Yekaterinburg – Namangan yo‘nalishida chiptalarni sotuvga qo‘ydi, xabar qiladi kompaniya matbuot xizmati.

Airbus 320 samolyotlari Yekaterinburgga haftada bir marta – payshanba kuni parvozni amalga oshiradi.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Yevropa, Amerika, Yaqin Sharq, Osiyo davlatlarining 21 shaharlariga, MDH davlatlarining 22 shahariga va 11 yo‘nalishda mamlakat ichida parvozlarni amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0