Dunyoda

Emomali Rahmon cheklanmagan marta prezident etib saylanishi mumkin

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishTojikiston prezidenti Imomali Rahmon.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon. - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikiston parlamenti Konstitutsiyaga kiritgan oʻzgartirishlar mamlakat prezidenti Emomali Rahmonga cheklanmagan marotaba davlat rahbarligiga saylanish imkonini berdi.

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. Tojikiston parlamenti Konstitutsiyaga kiritgan oʻzgartirishlar mamlakat prezidenti Emomali Rahmonga cheklanmagan marotaba davlat rahbarligiga saylanish imkonini berdi, xabar qiladi RIA Novosti.

Shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, mamlakat prezidentligiga nomzodlarning yosh tsenzi 35 dan 30 yoshga qisqartirildi.

Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Manba: Emomali Rahmonga umrbod Tojikiston prezidenti boʻlish taklif qilindi

Yangi tuzatishlarda, shuningdek, Adliya Kengashi tarqatilishi koʻzda tutilgan. Tojikistonning asosiy qonuni endilikda faqat Konstitutsiya, deb ataladi. Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, diniy xarakterdagi siyosiy partiyalarni tuzish taʼqiqlandi.

Parlament Quyi palatasi qabul qilingan loyihani Konstitutsion sudga yoʻlladi. Tez orada, ushbu oʻzgarishlar yuzasidan xalq referendumi oʻtkazilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala