O‘zbekiston Yevropaga 91,2 million dollarlik mahsulot yetkazib beradi

© M.BobonazarovO‘zbekiston stendida namoyish etilgan mahsulotlar.
O‘zbekiston stendida namoyish etilgan mahsulotlar. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilari Berlinda bo‘lib o‘tayotgan “Yashil haftalik”da ishtirok etishmoqda.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Berlinda o‘tkazilayotgan “Yashil haftalik-2016” — xalqaro qishloq xo‘jalik yarmarkasida O‘zbekiston Yevropa davlatlariga o‘z mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha bir qancha shartnomalarni imzoladi.

“O‘zbekiston” stendi ostida namoyish etilgan mahsulotlarga xaridorlar tomonidan yuqori baho berildi.

Yevropa davlatlariga umumiy miqdorda, 91,2 million dollarlik sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib berilishi ko‘zda tutilmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqa, investitsiya va savdo vazirligi matbuot-xizmati.

 

Yangiliklar lentasi
0