Moskva musulmonlari Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kunini nishonlashadi

© Sputnik / Gleb Kiselev / Mediabankka o‘tishMoskva Jome masjidi
Moskva Jome masjidi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvaning Krokus Siti Xoll ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadigan "Mavlid-an-Nabi. Ko‘ngi suhbati” tadbirida muftiy Ravil G‘aynuddn, Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovla kelishi kutilmoqda.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan tadbir "Mavlid-an-Nabi. Ko‘ngi suhbati” tadbiri bugun, yakshanba kuni Moskvaning Krokus Siti Xoll ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi, Rossiya Muftiylar kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra.

Ushbu tadbirda Rossiya Muftiylar kengashi raisi Ravil G‘aynuddn, Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovla kelishi kutilmoqda.

Bayram mehmonlariga Muhammad payg‘ambarga bag‘ishlangan teatr namoyishi bo‘lib o‘tadi. Namoyshda 40dan ziyod artistlar ishtirok etadi, bosh rolda taniqli kino va teatr akteri — Marat Basharov.

“Biz bu yil ushbu bayram ko‘zgusida zamonaviy muammolarni namoyish etmoqchimiz va shu bilan din, diniy e’tiqod va aqidalar bugungi kunda ham juda muhim ekanligini ko‘rsatmoqchimiz”, — dedi Renat Abanov, tadbiy ssenariy muallifi.

Bayram konsertida rus tiliga tarjima qilingan diniy qasidalar – Nashidlar kuylanadi. Musiqali ijrolar taniqli estrada artistlari hamda “Golos Deti” konkursi finalisti Saida Muxametzanova ham qatnashadi.

Moskva jome’ masjidida Qurbon Hayit - Sputnik O‘zbekiston
Moskva jome’ masjidida Qurbon Hayit

Bayram tadbirida Muhammad payg‘ambarning soch tolasi ham ommaga namoyish qilinadi. Hozirgi kunda ushbu tabarruk yodgorlik Moskva Jome masjidida saqlanmoqda.

Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kuni musulmon jamolar tomonidan ushbu oyning turli knlarida nishonlanishi mumkin. Har bir jamoa ushbu bayramni qaysi kunda nishonlashni o‘zi hal qiladi. Bayramda, odat bo‘yicha musulmonlar hadislar o‘qiydi, bir-birinikigi mehmonga boradi va sovg‘alar bilan almashadi.

 

Yangiliklar lentasi
0