Moskva yaqinida yengil samolyot avtomobil yo‘liga qo‘ndi

© Sputnik / Yevgeniy Filippov / Mediabankka o‘tishYaroslavsk shossesida yengil samolyot avariya holatida qo‘ndi
Yaroslavsk shossesida yengil samolyot avariya holatida qo‘ndi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki kishilik kichik samolyot Moskva yaqinida Yaroslavsk shossesiga avariya holatida qo‘nishga majbur bo‘ldi. Hozir ushbu samolyotga kim uchishga ruxsat berganligi va hodisaning boshqa tafsilotlari tergov qo‘mitasi tomonidan tekshirilmoqda.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Kecha, 23-yanvar kuni ikki kishili yengil samolyot  Moskva viloyatining Yaroslavsk shossesiga avariya holatida majburiy qo‘ngan, RIA Novosti Favqulodda xizmatlar xabariga asosan.

Avariya sabablaridan biri – sovuq ob-havo tufayli dvigatel muzlab notekis ishlashi bo‘lishi mumkin.

“Bugun Yaroslavsk shossesining 63 kilometrida kichik samolyot avariya holatida qo‘nishga majbur bo‘lgan. Avariyaning dastlabki sababi – dvigatel ishdan chiqishi”, — dedi Favqulodda xizmat xodimi.  

Ushbu hodisa natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Trassada avtomobil harakatiga zarar yetmagan va xalal berilmagan.

“Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot egasi xususiy shaxs. Uchuvchi samolyotni juda ehtiyotkorlik bilan, trassani bo‘luvchi chiziqqa qo‘ndirgan, samolyotning o‘zidan boshqa birorta ham transport vositasi zarar ko‘rmagan”, — deyilgan huquqni saqlash organlari xabarda.

“Bunday yomon ob-havoda yengil samolyotda parvoz qilish uchun butkul axmoq bo‘lish kerak. Faqatgina baxtli tasodif tufayli hech kim zarar ko‘rmagan. Qiziq, uchish uchun qanday zarurat bo‘lgan ekan”, — dedi senator Frans Klinsevich RIA Novostiga bergan sharhida.

Federatsiya Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, senator Frans Klinsevich ushbu samolyotga kim uchishga ruxsat berganligini va samolyot parvoz oldidan texnik nazoratdan qanday o‘tkazilganligi huquqni saqlash organlari tomonidan jiddiy tekshirilish kerakligini ta’kidladi.

 

Yangiliklar lentasi
0