NASA marsoxodi Mars qumi namunalarini o‘rganishga kirishdi

© NASA . NasaCuriosity Rover marsoxodi
Curiosity Rover marsoxodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
NASA xabariga ko‘ra, olingan qum namunalari laboratoriya bo‘limiga keinchalik o‘rganish uchun joylashtirilad.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Curiosity nomli Marsoxod Mardagi yer va qumdan planetaning yuzini keyinchalik o‘rganish uchun namunalar oldi, NASA xabari asosida.

Marsoxod avtomatik boshqariladigan “qo‘li” bilan ikki joydan qum namunasini oldi ularning kimoviy va mineral tarkibini o‘rganish uchun laboratoriya bo‘limiga joylashtirdi.

NASA Marsdagi Sharp tog‘ining shimoli g‘arbidagi qumtepalar yonida robotning ishlash tasvirini 2016-yilning 20-yanvarida namoyish qildi.

2015 yilning noyabr oyidan boshlab Curiosity Marsoxodi Sharp tog‘i yonida joylashgan g‘ayrioddiy qumtepalarni o‘rganishga kirishgan. Ushbu “tirik qumtepalarni” o‘rganish olimlarga marsda suv qanday rol o‘ynaganini tushunishga yordam beradi. Ularning fikriga ko‘ra, ushbu qumtepalar qachonlardir Marsda suv bo‘lganligi belgisidir.

Curiosity marsoxodi o‘zining Marsdagi uch yillik faoliyati davomida o‘zining avtomatik “qo‘li”da o‘rnatilgan fotokamera yordamida yerga yuzlab fotosuratlar yubordi.

Eslatib o‘tamiz, NASA bir necha marta qilgan urinishlardan keyin Curiosity robotini Marsga qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Ushbu texnik jihatdan o‘ta murakkab jarayon haqidagi animatsiyali videolavhani quyida tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0