Jamiyat

Toshkentda chinorlar kesilishiga qarshi murojaatnomaga 1400 dan ziyod kishi qoʻl qoʻydi

Interent foydalanuvchilari Toshkentda chinor daraxtlari kesilishiga qarshi murojaatnoma imzolashdi. Ushbu murojaatnoma Pushkin koʻchasidagi barcha daraxtlar kesilganidan keyin paydo boʻldi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkentda chinorlar kesilishiga qarshi murojaatnomaga 1400 dan ziyod kishi qoʻl qoʻydi. Murojaatnoma Toshkent hokimiyati tomonidan koʻrib chiqilishi uchun uni 1500 kishi imzolashi kerak.

Change.org portalida joylashtirilgan, chinorlar kesilishiga qarshi murojaatnoma Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi Baxtiyor Abdusamatov va Oʻzbekiston Ekologiya harakati rahbari Boriy Alixonov nomlariga yoʻnaltirilgan.

“Hozir Toshkent  “yalangʻoch” holatda, asfalt va betondan tashkil topgan choʻlga aylandi. Chinorlar oʻrniga bizga archa va boshqi chetdan olib kelingan oʻsimliklar ekishmoqda. Ular koʻp suv talab qiladi lekin soya bermaydi. Chinorlarni yovvoyilarcha kesishni toʻxtatishingizni soʻraymiz”, — deyilgan murojaatnomada.    

Tabiatni muhofaza qilish qumitasi xabar berishiga koʻra, hozirgi kunda poytaxtda bir necha koʻchalarni obodonlashtirish  va kengaytirish ishlari ketmoqda. Bahorda  kesilgan daraxtlar oʻrniga boshqalari ekiladi.

Yanvar oyida Pushkin koʻchasidagi chinorlar kesib olindi. Poytaxtda ushbu daraxtlarni yoppasiga kesish 2009 yilda boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala