Dunyoda

Saudiya qirolining 700 mln $ ehsoni prokuror tekshiruvga sabab boʻldi

Malayziya bosh vaziri hisobidagi 681 mln dollarni mamlkat bosh prokuror Saudiya Arabistoni qiroli sovgʻasi deb tan oldi.

TOSHKENT,  26 yanv — Sputnik. Malayziya bosh prokurori Moxamed Apandi Ali mamlakat bosh vaziri Najib Razakning shaxsiy hisobidagi katta mablagʻni (681 mln $) Saudiya Arabistoni qiroli oilasi sovgʻasi sifatida tan oldi, RIA Novosti Reyter xabari asosida.

Oʻtgan yilning iyul oyida, Najib Razak oʻzining shaxsiy hisobiga 700 mln dollar olgani maʼlum boʻldi. Oʻshanda bosh vazir poraxoʻrlikda ayblangan edi. Razak boʻlsa, ushbu mablagʻ Yaqin Sharq mamlakatlaridan xayr-ehson deb tushuntirgandi.  

“Men ushbu ish vaziyatlari bilan qoniqdim. Ushbu mablagʻ pora emasligi maʼlum boʻldi. Bunday saxovatli xayr-ehson sabablarini aniqlashtirishga ehtiyoj yoʻq, chunki bu Saudiya qiroli oilasining shaxsiy ishi”, — dedi mamlakat prokurori Ali Apandi.

Bundan tashqari, Apandining soʻzlariga qaraganda, bosh vazir Najib Razak, ehtiyoj boʻlmagani tufayli, Saudiya qiroli oilasiga 620 million dollarni qaytarib bergan.  

OAV xabariga koʻra, tergov tugashi bilan, bosh prokuror Korruptsiyaga qarshi qoʻmitadan Razak ishini yopishni va bundan keyin unga qaytmaslikni soʻradi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala