Dunyoda

Oʻzbekiston askarlari Elbrusni “zabt” etish boʻycha xalqaro harbiylar musobaqasida qatnashadi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Fotobankka oʻtishQirgʻizistonda SHHT mamlakatlari oʻquv mashgʻulotlari
Qirgʻizistonda SHHT mamlakatlari oʻquv mashgʻulotlari - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada boʻlib oʻtadigan harbiy oʻquv mashgʻulotlarda 10 mamlakat harbiy jamoalari qatnashadi. Guruhlar Elbrus togʻi atrofida 105 km masofani bosib oʻtib, uning choʻqqisiga - 3,5 km balandlikka koʻtarilishadi.

 

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston jamoasi yangi “Elbrus halqasi” harbiy oʻyinlar konkursida qatnashadi. Bu haqda  Rossiya harbiy qoʻshinlari jismoniy tayorgarligi boshqarmasi raisi Oleg Botsman xabar berdi.

“Biz “Elbrus halqasiga” taklifnomalarni MDHning 8 mamlakatiga – Qozogʻiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekistonga, hamda Xitoy, Hindiston, Italiya va Serbiyaga yubordik”, — dedi Botsman.

Harbiy xizmatchilar orasida musobaqa Elbrus togʻlari yaqinida, Kabardino-Balkariya hududida, Togʻ-tayorgarlik va  tirik qolish markazida boʻlib oʻtadi. 

Konkurs dasturi harbiy qoʻshinlar orasida qoyaga chiqish, qurol-aslaha va alpinist jihozlari bilan Elbrus atrofida besh kunlik marsh va uning choʻqqisiga chiqish kabi musobaqalardan tashkil topgan. 

Tank T-72 oʻquv mashgʻulotlar paytida - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston harbiy kuch boʻyicha Oʻrta Osiyoda 1 oʻrinda

Umuman olganda guruhlar 105 km masofa bosib oʻtib 3,5 km balandlikka koʻtarilishadi. Musobaqa qatnashchilari 7 dovon, 6 muzlik, 2 muz togʻlari, 5 togʻ daryosi va undan tashqari 12 maxsus topshiriqni cheklangan vaqt ichida bajarishadi.  

Ushbu tanlovda gʻolib chiqqan eng yaxshi guruhlar 2016 yil iyunida belgilangan keyingi musobaqaga oʻtadi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala