Jamiyat

Toshkentda velosiped yoʻlaklari paydo boʻladi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishVelosiped yoʻlagi
Velosiped yoʻlagi - Sputnik Oʻzbekiston
YHX Bosh boshqarmasi Toshkent tuman hokimiyatlariga ushbu taklifni yoʻnaltirgan. Loyihani moliyalashtirish IIV YHX Bosh boshqarmasi hisobidan olib boriladi. Rasmiy shaxsning soʻzlariga qaraganda loyhani moliyalash muammo boʻlmaydi.

TOSHKENT, 26 yanv — Sputnik. Toshkent koʻchalarida yaqin kunlar ichida velosiped yoʻlaklari paydo boʻladi, deb xabar bermoqda  Uzbekistan Today, IIV YHX Bosh boshqarmasi vakili xabariga asosan.

YHX Bosh boshqarmasi Toshkent tuman hokimiyatlariga ushbu taklifni yoʻnaltirgan. Loyihani moliyalashtirish IIV YHX Bosh boshqarmasi hisobidan olib boriladi. Rasmiy shaxsning soʻzlariga qaraganda loyhani moliyalash muammo boʻlmaydi.

“Velosipedchilar piyodalar va avtomobilchilar qatorida yoʻl harakati qatnashchilaridir. Shuning uchun ham biz shunday taklif bilan chiqdik. Hozir hokimiyatlar loyiha institutlari bilan birgalikda, rivojlangan mamlakatlarning ushbu sohadagi tajribasini oʻrganib chiqmoqda”, — dedi muassasa vakili.

Velosiped yoʻlaklari Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida ham paydo boʻlishi mumkin. Ularning paydo boʻlishi aniq sanasi eʼlon qilingani yoʻq.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala